2 | Muqaddas Yozuvlardan tasalli toping
MUQADDAS KITOBDA SHUNDAY DEYILGAN: «Qadimda Muqaddas Yozuvlarda aytilgan barcha narsalar nasihat olishimiz uchun yozilgan. Toki ular tufayli sabr-bardoshli bo‘lib hamda tasalli topib, umidga ega bo‘laylik». (RIMLIKLARGA 15:4)
Bu oyat nimani anglatadi?
Muqaddas Kitobda tasalli beruvchi so‘zlar yozilgan. Ular salbiy fikrlar bilan kurashganimizda bizga kuch baxsh etishi va sabrli bo‘lishimizga ko‘maklashishi mumkin. Shuningdek, Muqaddas Kitobdagi umidbaxsh xabar bizni hissiy og‘riqlar yaqinda yo‘q bo‘lishiga ishontiryapti.
Bu oyatdagi prinsipni qanday qo‘llasa bo‘ladi?
Vaqti-vaqti bilan barchamizning ham kayfiyatimiz tushadi. Biroq depressiya yoki xavotirdan aziyat chekadiganlarni og‘riqli tuyg‘ular hecham tark etmasligi mumkin. Bunday paytlarda Muqaddas Kitob qay yo‘sin yordam bera oladi?
Muqaddas Kitobda salbiy fikrlardan xalos bo‘lishga ko‘maklashadigan ko‘plab ijobiy fikrlar bor. (Filippiliklarga 4:8) Muqaddas Kitob ongimizni tasalli baxsh etuvchi va ko‘ngilni ko‘taruvchi fikrlar bilan to‘ldirishi mumkin. Ular esa his-tuyg‘ularimizni nazorat qilishga yordam beradi. (Zabur 94:18, 19)
Alloh Kalomi bizga o‘zimizni keraksiz deb bilish fikriga qarshi kurashishga yordam beradi. (Luqo 12:6, 7)
Muqaddas Kitobdagi ko‘plab bayonotlar bizni yolg‘iz emasligimizga va Yaratuvchimiz his-tuyg‘ularimizni yaxshi tushunishiga ishontiryapti. (Zabur 34:18; 1 Yuhanno 3:19, 20)
Muqaddas Yozuvlarda Xudo og‘riqli xotiralarga chek qo‘yishi va’da qilingan. (Ishayo 65:17; Vahiy 21:4) Tashvishli fikrlar va tuyg‘ular bizni tark etmaganida ushbu va’da sabrli bo‘lishimiz uchun kuch baxsh etishi mumkin.