Siz chiqarishingiz kerak bo‘lgan qaror
Biz tanlagan axloqiy me’yorlar baxtli bo‘lish-bo‘lmasligimizga ta’sir qiladi. Alloh Yahova buni biladi, shuning uchun U Uning me’yorlari bo‘yicha yashashimizni istaydi.
Yahova tinch va baxtli hayot kechirishimizni xohlaydi.
«Men Yahova, sening Xudoyingman, Sening manfaatingni ko‘zlab ta’lim beraman, yurishing kerak bo‘lgan yo‘ldan yetaklayman. Qaniydi amrlarimga diqqatli bo‘lganingda edi! Xotirjamliging go‘yo daryoday, odilliging dengiz to‘lqinlariday bo‘lardi». (Ishayo 48:17, 18)
Xudo Yaratuvchimiz bo‘lgani uchun yurishimiz kerak bo‘lgan eng yaxshi yo‘lni biladi. U bizga Uning me’yorlari bo‘yicha yashashni taklif qilyapti, chunki bu foydamizga xizmat qiladi. Xudoning amrlariga rioya qilsak, chiqargan qarorimiz yaxshilik bilan tugashidan shubhalanmaymiz. Biz doim to‘g‘ri qaror chiqaramiz va bu qaror bizga tinchlik va baxt keltiradi.
Yahova bizdan imkonsiz narsani talab qilmaydi.
«Men... sizlarga buyurayotgan amr o‘ta og‘ir hamda erishib bo‘lmaydigan emas». (Qonunlar 30:11)
Yahova Uning me’yorlari bo‘yicha yashashni tanlaganlarga yordam berishni va’da qilyapti.
«Men, Tangring Yahova, o‘ng qo‘lingdan ushlab: “Qo‘rqma! Senga yordam beraman”,— deyapman». (Ishayo 41:13)
Xudoning axloqiy me’yorlari bo‘yicha yashay olamiz, chunki Xudo bizga yordam berishga tayyor. U buni bizga dalda va umid baxsh etuvchi Kalomi, ya’ni Muqaddas Kitob orqali qilishi mumkin.
Dunyo bo‘ylab millionlab odamlar Muqaddas Kitob me’yorlari bo‘yicha yashash ularning hayotini yaxshilaganiga amin bo‘lishdi. Muqaddas Kitobdagi amaliy maslahatlar haqida ko‘proq bilishni istaysizmi? Agar istasangiz, Muqaddas Kitobga asoslangan va jw.org saytida bepul taqdim etilgan «Hayotdan toabad zavqlaning!» risolasini ko‘rib chiqishingiz mumkin. Bu risola quyidagi darslardan iborat:
-
Muqaddas Kitob sizga qanday yordam berishi mumkin?
-
Muqaddas Kitob umid baxsh etmoqda
-
Muqaddas Kitobga ishonsangiz bo‘ladimi?
Allohning Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitobni o‘rganganingiz sayin, u eskirmaganini, unda yozilgan Xudoning buyruqlari ishonchli ekanini hamda «ular hozir va toabad — hamisha mustahkam tur[ishini]» bilib olasiz. (Zabur 111:7, 8) Muqaddas Kitobdagi axloqiy me’yorlarga amal qilish — yurishimiz kerak bo‘lgan eng yaxshi yo‘ldir. Ammo Xudo bizni bunday qilishga majburlamaydi. (Qonunlar 30:19, 20; Yoshua 24:15) Bu — har birimiz chiqarishimiz kerak bo‘lgan qarordir.