Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Turmush o‘rtog‘ingiz xiyonat qilganda

Turmush o‘rtog‘ingiz xiyonat qilganda

Erim meni tashlab, yoshroq ayolning yoniga ketayotganini aytganida o‘lgim kelgandi. Bu adolatdan emasdi, axir u uchun qancha qurbonlikka borgandim. Mariya, Ispaniya.

Xotinim meni nogahon tashlab ketganida, ichimda nimadir uzilganday bo‘ldi. Orzu-umidlarimiz va rejalarimizning bari barbod bo‘ldi. Ba’zida tashvishlarim ariganday bo‘lardi-yu, ammo tushkunlik meni yana o‘z domiga tortardi. Bill, Ispaniya.

TURMUSH o‘rtoqning xiyonati qalbni vayron qiladi. To‘g‘ri, ayrim kishilar tavba qilgan turmush o‘rtog‘ini kechirib, munosabatlarini tiklay oladi *. Lekin nikohi saqlanib qoladimi yoki yo‘qmi, xiyonatga uchragan inson umri davomida kuchli azobni his qiladi. Bunday og‘riqli tuyg‘ular bilan qay yo‘sin kurashsa bo‘ladi?

YORDAM BERADIGAN OYATLAR

Kuchli qayg‘uga botganiga qaramay, xiyonatga uchragan ko‘pgina insonlar Muqaddas Yozuvlardan tasalli topishgan. Ular Xudo ko‘z yoshlarini ko‘rib turganini va dardiga sherik ekanini his qilishgan. (Malaki 2:13–16)

«Tashvishlar girdobida qolganimda, menga tasalli berib, ko‘nglimni ko‘tarding». (Zabur 94:19)

Bill shunday deb bo‘lishdi: «Bu oyatni o‘qiganimda Yahova hamdard ota kabi menga tasalli berayotganini tasavvur qilardim».

«O‘zingga sodiq bo‘lgan kishiga sadoqatlisan». (Zabur 18:25)

Karmenning eri bir necha oy davomida unga xiyonat qilib yurgan. U shularni aytdi: «Erim xiyonatkor bo‘lsa-da, Yahova menga sadoqatli qolishiga amin edim. U aslo ko‘nglimni qoldirmagan».

«Hech narsadan tashvishlanmanglar, lekin ibodat va iltijoda tilaklaringizni... Allohga bildiringlar. Shunda har qanday o‘y-fikrdan ustun bo‘lgan Xudoning tinchligi qalbingizni... himoya qiladi». (Filippiliklarga 4:6, 7)

Sasha shunday deydi: «Men bu oyatlarni qayta-qayta o‘qirdim. Ibodat qilganim sari Xudo menga ichki xotirjamlik baxsh etardi».

Yuqorida so‘zlari keltirilgan insonlar ba’zan o‘zlarini taslim bo‘lganday his qilishgan. Ammo ular Xudovand Yahovaga tayanib, Uning Kalomidan kuch olishgan. Bill buni quyidagicha tushuntirdi: «Atrofda hamma narsa barbod bo‘lganday tuyulganida, imonim hayotimga mazmun kiritardi. Ba’zan “tim qorong‘i vodiyda” yurganday bo‘lsam-da, Xudo yonimda edi». (Zabur 23:4)

^ Xiyonat qilgan turmush o‘rtoqni kechirish yoki kechirmaslik mavzusi muhokama qilingan maqolalar turkumini rus tilidagi «Uyg‘oning!» jurnali 1999-yil 22-aprel sonining 3–12- sahifalaridan o‘qishingiz mumkin.