Allohning barakasiga erishish uchun duoni kanda qilmang
Alloh Taolo insonlar U bilan suhbatlashishi va his-tuyg‘ularini bo‘lishishi uchun ularga ibodatdek o‘zgacha bir hadya bergan. Dovud payg‘ambar shunday deb duo qilgan: «Ey, ibodatlarni Eshitguvchi, har turli insonlar huzuringga keladi». (Zabur 65:2) Qiziq, Tangri bizni eshitib, barakasini yog‘dirishi uchun Unga qay yo‘sin ibodat qilsak bo‘ladi?
CHIN QALBDAN VA KAMTARLIK ILA DUO QILING
Xudoga o‘z so‘zlaringiz bilan ibodat qilish ichki tuyg‘ularingizni, ya’ni «yuragingizni Unga to‘kib solishga» yordam beradi. (Zabur 62:8) Qodir Tangri chin dildan qilingan samimiy ibodatlarni yoqtiradi.
XUDOGA UNING SHAXSIY ISMI BILAN MUROJAAT QILING
Xudoning Alloh Taolo, Parvardigor, Tangri va Sarvari olam kabi ko‘pgina unvonlari bor. Lekin Muqaddas Kalomda Xudo O‘zining yagona shaxsiy ismini ochib berib, shunday degan: «Men Yahovaman *. Bu — Mening ismim». (Ishayo 42:8) «Yahova» degan ism Muqaddas Yozuvlarda taxminan 7 000 marta uchraydi. Ko‘p payg‘ambarlar Xudoga ibodat qilishganda hurmat ila Uning ismini qo‘llashgan. Masalan, Ibrohim payg‘ambar: «Yahova, iltimos,.. gapirishimga ijozat ber»,— deb aytgan. (Ibtido 18:30) Shunday ekan, biz ham duo qilganimizda Allohning «Yahova» degan shaxsiy ismini qo‘llaylik.
O‘ZINGIZGA QULAY TILDA DUO QILISHINGIZ MUMKIN
Qaysi tilda gapirishimizdan qat’i nazar, Tangri fikrlarimiz-u his-tuyg‘ularimizni tushunadi. Bu borada Uning Kalomida shunday yozilgan: «Xudo yuzxotirchilik qilmas ekan. Ammo Undan qo‘rqib, to‘g‘ri yo‘l tutgan har bir kishini U millatiga qaramay qabul qilarkan». (Havoriylar 10:34, 35)
Biroq Xudoning barakasiga erishish uchun duo qilishning o‘zi yetarli emas. Bu uchun bizdan yana nimalar talab qilinishini kelasi maqolalarda ko‘rib chiqamiz.
^ 6- x.b. Muqaddas Kitobga binoan, Xudoning ismi — Yahova.