Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Aniq ma’lumotga ega bo‘ling

Aniq ma’lumotga ega bo‘ling

Muammo

Yuzxotirchilik odatda xato ma’lumot tufayli paydo bo‘ladi. Keling, quyidagi misollarni ko‘rib chiqaylik.

  • Ish beruvchilarning ba’zilari ayollar ilm-fan va texnikaga oid ishlarni bajara olishmaydi, degan yanglish fikrga borishadi.

  • Tub aholi chet eldan kelgan insonlarni ularning ish joylarini olib qo‘yganlikda ayblaydi.

  • Ko‘p odamlar jismoniy nuqsoni bor kishilarning hammasi g‘amgin yoki shafqatsiz bo‘ladi, degan noto‘g‘ri xulosa chiqarishadi.

Bu kabi yanglish fikrlarga ishonadigan odamlar hatto fikrlarini tasdiqlovchi misollar yoki dalillar keltirishi mumkin. Qolaversa, ular bunday fikrlariga qo‘shilmaydigan odamlarni bilimsiz deb hisoblashadi.

Muqaddas Kitobdagi prinsip

«Bilimga intilmaslik yaxshi emas». (HIKMATLAR 19:2)

Bu oyatdan nimani o‘rgansak bo‘ladi? Hamma tafsilotlarni bilmay turib qaror chiqarish noto‘g‘ri. Agar aniq ma’lumotga asoslanmay, har xil uydirma gaplarga ishonib yursak, odamlarga nisbatan nohaq hukm chiqarib qo‘yamiz.

Nega aniq ma’lumotga ega bo‘lish yaxshi?

Boshqalar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lsak, shunda ular to‘g‘risida tarqalgan yolg‘on-yashiq gaplarga ishonmaymiz. Boz ustiga, muayyan guruh odamlar borasida tarqatilayotgan salbiy fikrlar xato ekanini tushunganimizda, biz boshqa guruhlar haqida eshitgan uydirma gaplarga laqqa tushib o‘tirmaymiz.

Nima qilishingiz mumkin?

  • Odamlar muayyan bir guruh vakillarining salbiy xislati borligi haqida gapirishi mumkin. Ammo esingizda bo‘lsinki, o‘sha guruhning aksariyat a’zolariga bu xislat xos emas.

  • Shuni unutmangki, muayyan guruh odamlar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasligingiz ham mumkin.

  • Asl ma’lumotni ishonchli manbadan bilib olishga harakat qiling.