Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish


Muqaddas Kitob asosidagi bu suhbatlardan qay yo‘sin foyda olish mumkin?

Muqaddas Kitob asosidagi bu suhbatlardan qay yo‘sin foyda olish mumkin?

Yahova Shohidlarining biri bilan tadqiq qiling. Sizga bu risolani bergan kishi bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qiling yoki jw.org. saytimizda keltirilgan blankni to‘ldiring.

BIRINCHI QISM

Har bir xatboshini, jumladan, yo‘g‘on harflar bilan ajratib yozilgan savollarni (A) va oyatlarni (B) o‘qing, so‘ng esa asosiy fikrlarni belgilang. Ayrim oyatlar «o‘qing» deb belgilanganiga e’tibor bering.

IKKINCHI QISM

«Ko‘proq bilib oling» (D) qismida nima haqida gap ketishi tushuntiriladi. Sarlavhalar (E) muhokama qilinadigan fikrlardan iborat. Oyatlarni o‘qing, savollarga javob bering va videolarni tomosha qiling (F).

Rasmlarni va ularga keltirilgan sharhlarni ko‘rib chiqing (G), «Ba’zilarning fikri» qismini muhokama qiling (H).

UCHINCHI QISM

Darsda «Xulosa» va «Takrorlash» (I) keltirilgan. Dars yakunlangan sanani yozing. «Maqsad» (J) qismida siz uchun biron vazifa yoziladi. «Qo‘shimcha manbalar» (K) qismida o‘qishingiz yoki tomosha qilishingiz mumkin bo‘lgan turlicha ma’lumot keltirilgan.

Oyatlarni Muqaddas Kitobdan qanday topish mumkin?

Muqaddas Yozuvlardagi kitob (A), sano yoki bob (B) va oyat yoki oyatlar (D). Masalan, Zabur 25:2 da Zabur — kitobning nomi, sano yoki bob raqami 25, oyat raqami esa 2.