Yo‘el 2:1-32
2 «Sionda burg‘u chaling!+
Muqaddas tog‘imda jangovar ovozda baqiring.
Butun yurt* aholisi titrasin,Chunki Yahovaning kuni kelmoqda!+ Bu kun yaqin!
2 O‘sha kun zulmat va tim qorong‘ilik+,Bulutlar va quyuq qora bulut kuni bo‘ladi+.O‘sha kun yorishgan tongday tog‘lar uzra yoyiladi.
Son-sanoqsiz va kuchli bir xalq bor+.Bundan oldin unga o‘xshashi bo‘lmagan,Avlodlar osha hech qachonUnga o‘xshashi bo‘lmaydi.
3 Uning oldida yo‘q qiladigan olov,Ortida yutib yuboradigan alanga bor+.
Oldidagi yurt Adan+ bog‘iday bo‘lsa,Orqasida qaqragan cho‘l qoladi.Hech narsa undan qochib qutula olmaydi.
4 Bu xalqning ko‘rinishi otlarnikiday.Ular jang otlari kabi chopadi+.
5 Ularning tovushi tog‘ tepasiga sakrab chiqqan aravalarnikiga+,Somonni yondirayotgan olovning charsillashiga o‘xshaydi.
Ular jangovar tartibda saf tortgan+ qudratli bir xalq kabidir.
6 Ular dastidan xalqlar azob tortadi.
Hammaning yuzi qo‘rquvdan oqarib ketadi.
7 Ular jangchilarday hujum qiladi,Sipohlarday devorga tirmashib chiqadi.Har biri o‘z yo‘nalishida olg‘a bosadi,Ular yo‘lidan og‘ib ketmaydi.
8 Bir-birini turtib yubormaydi.Har biri o‘z yo‘nalishida harakat qiladi.
Ba’zilari o‘q tekkanidan qulab tushsa ham,Boshqalari safni buzmay ketaveradi.
9 Ular shaharga bostirib kiradi, devorga yugurib chiqadi.
Uylarga tirmashib chiqib, o‘g‘riday derazalardan oshib tushadi.
10 Ularning oldida yer titrab, samolar larzaga keladi.
Quyosh va oy qorayib+,Yulduzlar nuri so‘nib qoladi.
11 Yahovaning lashkari+ son-sanoqsiz bo‘lgani bois+, U lashkari oldida baland ovozda sado chiqaradi.
Uning so‘zini amalga oshiruvchi qudratlidir.Yahovaning kuni ulug‘ va mudhish kundir!+
Kim unga bardosh bera oladi?!»+
12 Yahova shunday deyapti: «Hozir ham kech emas, butun qalbingiz bilan menga qaytinglar+.Ro‘za tutib+, ko‘z yosh to‘kib, nola qilinglar.
13 Kiyimlaringizni emas+, qalblaringizni yirtinglar+,Xudoyingiz Yahovaga qaytinglar.Chunki U rahmdil* va shafqatli, sabr-toqatli*+ va mehr-sadoqatga boydir+.U musibat keltirish fikridan qaytadi.
14 Kim bilsin, balki U g‘azabidan qaytib fikrini o‘zgartirar+,Sizlarga baraka berar.Shunda Tangringiz Yahovaga don nazri bilan ichimlik nazrini keltirasizlar.
15 Sionda burg‘u chaling!
Ro‘za e’lon qiling, tantanali yig‘inga chaqiring+.
16 Xalqni yig‘ing, jamoatni muqaddas qiling+.
Keksalarni chaqirtiring, bolalar-u go‘daklarni to‘plang+.
Kuyov ichki xonasidan, kelin go‘shangadan chiqsin.
17 Dahliz bilan qurbongoh+ orasidaYahovaning xizmatchilari bo‘lmish ruhoniylar yig‘lab bunday desin:
“Ey Yahova, O‘z xalqingga rahm qil.Xalqlar mulking ustidan hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘yib,O‘z mulkingni sharmanda qilma.
Xalqlar: “Ularning Xudosi qani?!”+ — deb aytmasin”.
18 Shunda Yahova O‘z yerini qizg‘anadi,O‘z xalqiga shafqat qiladi+.
19 Yahova O‘z xalqiga javob berib shunday deydi:
“Men sizlarga don, yangi sharob va moy beraman,Sizlar yaxshilab to‘yib olasiz+.Endi xalqlar orasida sizlarni isnodga qoldirmayman+.
20 Shimoldan kelganlarni oldingizdan haydab yuboraman.Men ularni qaqroq va kimsasiz yerga,Ularning ilg‘orlarini sharqdagi dengiz* tomonga,Ortda turganlarini g‘arbdagi dengiz* tomonga tumtaraqay qilaman.
Ulardan sassiq hid chiqadi,Qo‘lansa hid ko‘tariladi+.Chunki Xudo buyuk ishlar qiladi”.
21 Ey zamin, qo‘rqma!
Xursand bo‘l, shodlan, chunki Yahova buyuk ishlar qiladi.
22 Qo‘rqmang, ey dasht hayvonlari,Zero sahrodagi yaylovlar yam-yashil bo‘ladi+,Daraxtlar meva beradi+.Anjir daraxti va tok novdasi mo‘l hosil keltiradi+.
23 Ey Sion o‘g‘illari, Tangringiz Yahova tufayli xursand bo‘lib, sevining+.Chunki U kuzgi yomg‘irni yetarlicha beradi,Ustingizga jala yog‘diradi.Oldingiday kuzgi va bahorgi yomg‘irni yog‘diradi+.
24 Xirmonlar tozalangan donga to‘la bo‘ladi,Uzumsiqqichlarda yangi sharob, zaytunsiqqichlarda moy to‘lib-toshadi+.
25 Men sizlarga qarshi ulkan lashkarim bo‘lmishChigirtka galasi, qanotsiz chigirtka, ochofat chigirtka va yeb bitiruvchi chigirtkani yuborgan edim.Shu yillar davomida ular keltirgan zararni O‘zim qoplayman+.
26 To‘yguningizcha yeysizlar+.Sizlar uchun ajoyibotlar ko‘rsatganAllohingiz Yahovaning ismini madh etasiz+.Mening xalqim endi hech qachon sharmanda bo‘lmaydi+.
27 Shunda Men Isroil ichra ekanimni+,Tangringiz Yahova ekanimni+, Mendan boshqasi yo‘qligini bilib olasizlar!
Mening xalqim endi hech qachon sharmanda bo‘lmaydi.
28 Shundan keyin Men har qanday inson ustiga O‘z ruhimni yog‘diraman+.O‘g‘il-u qizlaringiz bashorat qiladi,Mo‘ysafidlaringiz tushlar ko‘radi,Yigitlaringizga vahiylar keladi+.
29 Hatto qul-u cho‘rilarimgaO‘sha kunlarda O‘z ruhimni yog‘diraman.
30 Men yer-u osmonda g‘aroyibotlar* yaratib,Qon, olov va pag‘a-pag‘a tutun hosil qilaman+.
31 Yahovaning ulug‘ va mudhish kuni kelishidan oldin+,Quyosh qorayib, oy qonga bulanganday qizarib qoladi+.
32 Yahovaning ismini aytib chaqirgan har bir inson qutqariladi+.Yahova aytganday, Sion tog‘i bilan Quddusda omon qolganlar bo‘ladi+.Ular Yahova da’vat etib najot topganlar ichida bo‘ladi».
Izohlar
^ Yoki «zamin».
^ Yoki «marhamatli».
^ Yoki «g‘azablanishga shoshmaydigan».
^ Ya’ni O‘lik dengiz.
^ Ya’ni O‘rta dengiz.
^ Yoki «alomatlar».