Ayub 26:1-14
26 Ayub shunday javob qaytardi:
2 «Zaif odamga yordam berganing,
Qo‘lidan quvvati ketgan odamni qutqarganing shumi?!+
3 Donolik yetmayotgan kishiga maslahat berib+,
Donoligingni qizg‘anmay baham ko‘rganing shumi?!
4 Bu so‘zlarni kimga aytyapsan?Bu fikrlarni qayerdan olding?
5 Kuchsiz yotgan o‘liklar ham titraydi,Ular dengiz va undagi mavjudotlardan ham pastdadir.
6 Xudoning oldida mozor* ochiqdir+,Qaro yer* ham yopiq emas.
7 U osmonni* bo‘shliq uzra yoyib yubordi+,Yerni esa bo‘shliqga osib qo‘ydi.
8 U suvlarni bulutlari bilan o‘rab qo‘yadi+,Bulutlar suvning og‘irligidan yirtilib ketmaydi.
9 Bulutlarini yoyib,Taxtini yashirib qo‘yadi+.
10 U osmon bilan dengiz o‘rtasida chegara chizig‘ini+,Yorug‘lik bilan qorong‘ilik o‘rtasidagi chegarani belgilab qo‘ydi.
11 Osmon ustunlari titrab ketadi,Uning tanbehidan ular esankirab qoladi.
12 Qudrati ila dengiz suvlarini to‘lqinlantiradi+,Aql-idroki bilan dengiz maxluqini* bo‘laklab tashlaydi+.
13 O‘z nafasi* bilan osmonni musaffo qiladi,Qo‘li bilan tutqich bermas ilonni o‘ldiradi.
14 Bular ishlarining bir qismi+,U haqida eshitilayotgan shivir-shivir, xolos!
Shunday ekan, Uning kuchli momaqaldirog‘ini kim ham anglay oladi?»+