Filippiliklarga 2:1-30
2 Agar Masihning izdoshi sifatida bir-biringizga dalda bersangiz, sevgi ila tasalli baxsh etsangiz, bir-biringizning g‘amingizni chekib, mehribonlik va rahmdillikka ega bo‘lsangiz,
2 quvonchimga quvonch qo‘shib, fikrlash va sevgida birlikni saqlaysizlar. Shunday qilib, yakdil va hamfikr bo‘lasizlar+.
3 Hech narsani izzattalablik+ yoki manmanlik bilan qilmay+, aksincha, kamtar* bo‘lib, boshqalarni o‘zingizdan ustun qo‘yinglar+.
4 Nafaqat o‘zingizning+, balki boshqalarning ham manfaatini ko‘zlanglar+.
5 Iso Masih kabi fikr yuritinglar+.
6 Garchi u ilohiy qiyofada bo‘lsa-da+, Xudoga tenglikni qo‘lga kiritishni, aniqrog‘i, Unga teng bo‘lishni xayoliga keltirmagan+.
7 Aksincha, u o‘zini barcha narsadan mahrum etib, qul qiyofasiga kirdi+ va inson bo‘ldi+.
8 U inson sifatida kelgach, o‘zini past tutib, to o‘limgacha, azob ustunidagi*+ o‘limgacha itoatli bo‘ldi+.
9 Shu sababli Alloh uni yanada yuksaltirib+, har qanday ismdan yuqori ismni unga ato etdi+.
10 Toki Isoning ismi oldida osmon-u yerdagi va yer ostidagi barcha tiz cho‘ksin+.
11 Qolaversa, har bir til Iso Masihni Hazratim deya ochiq tan olib+, Otamiz Xudoga sharaf keltirsin.
12 Shunday ekan, qadrdonlarim, nafaqat yoningizda bo‘lganimda, balki ayni paytda oldingizda bo‘lmaganimda ham tayyorlik bilan bo‘ysunayotganingizdek, bundan buyon ham qo‘rquv va titroq bilan o‘z najotingizga erishishga urininglar.
13 Zero Tangri O‘ziga yoqadigan ishlarni qilish uchun sizlarda istak uyg‘otib, kuch ato etadi.
14 Hamma narsani nolimay+ va bahslashmay qilinglar+.
15 Shunda sizlar to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, buzilgan nasl+ orasida benuqson va pok, Allohning qusursiz farzandlari bo‘lasizlar+. Bu dunyoda yoritkichlar singari porlab+,
16 hayot kalomini mahkam tutasizlar+. Natijada bekorga yugurmaganimni hamda behudaga zahmat chekmaganimni bilib Masihning kunida shodlanaman.
17 Men imoningiz tufayli ado etayotgan muqaddas xizmat va qurbonlik+ ustiga go‘yo ichimlik nazriday quyilayotgan bo‘lsam-da+, sizlar bilan birgalikda shod-xurram bo‘lyapman.
18 Sizlar ham men bilan birga quvonib, shodlaninglar.
19 Men bo‘lsam, Hazratimiz Isoning xohishiga ko‘ra Timo‘tiyni yaqinda oldingizga yuborish umididaman+. Shu yo‘sin sizlar haqda yangiliklar eshitib ko‘nglim ko‘tariladi.
20 Chunki u kabi fe’l-atvorga ega bo‘lgan, sizlar uchun chin dildan g‘am cheka oladigan boshqa hech kimim yo‘q.
21 Boshqalar Iso Masihga nima ma’qul kelishini emas, o‘z manfaatlarini ko‘zlaydilar.
22 Ammo Timo‘tiy o‘zini munosib qilib ko‘rsatgani, otasiga yordam bergan bola singari+ xushxabar yoyilishida men bilan birgalikda xizmat qilgani sizlarga ma’lum.
23 Shuning uchun, men o‘zimga nima bo‘lishini bilishim bilanoq, uni darhol yuborish umididaman.
24 Bundan tashqari, Hazratimizga ma’qul bo‘lsa, yaqinda o‘zim ham oldingizga borishimga ishonaman+.
25 Shuningdek, sizlarning yuborgan elchingiz, muhtojlikda menga madad bergan birodarim, hamkorim va safdoshim Epafroditni oldingizga yuborishni zarur deb bildim+.
26 Chunki u sizlarni ko‘rish ishtiyoqida va uning kasalligi to‘g‘risida eshitganingizdan ruhi tushgan.
27 Ha, u chindan ham o‘lar holatda kasal edi, lekin Xudo unga rahm-shafqat ko‘rsatdi. Faqat unga emas, balki g‘am ustiga g‘am qo‘shilmasin deb, menga ham rahm-shafqat ko‘rsatdi.
28 Shu sababli, uni ko‘rib qaytadan quvonishingiz va men ham ko‘p g‘am chekmasligim uchun, uni tezroq yoningizga yubormoqchiman.
29 Hazratimiz xizmatchilarining odati bo‘yicha, uni sevinch bilan kutib olinglar va bunday kishilarni qadrlanglar+.
30 Zero u yo‘qligingizni bildirmaydigan darajada menga xizmat qildi+ va Masihning ishi* uchun jonini* xavf ostiga qo‘yib, bir o‘limdan qoldi.