Havoriylar 15:1-41
15 Yahudiyadan kelgan ayrim odamlar birodarlarga: «Tavrot bo‘yicha sunnat qilinmasangiz+, najot topolmaysizlar»,— deb uqtira boshlashdi.
2 Ular Pavlus va Barnabo bilan rosa bahs-munozara qilishdi. Shunda Pavlus bilan Barnaboni va ayrim birodarlarni bu masala borasida Quddusdagi havoriylar va oqsoqollarning oldiga yuborishga qaror qilindi+.
3 Pavlus va Barnabo jamoat tomonidan kuzatib qo‘yilgach, Finikiya va Samariya bo‘ylab yo‘l yurishdi. Yo‘l-yo‘lakay ular birodarlarga o‘zga xalq vakillari ham Allohga topinishayotgani haqida batafsil aytib berib, ularga katta quvonch baxsh etishardi.
4 Quddusga yetib kelishganda havoriylar, oqsoqollar hamda jamoat ularni yaxshi qabul qilishdi. Pavlus va Barnabo esa Tangri ular orqali nimalar qilganini aytib berishdi.
5 Ammo ilgari farziylar mazhabida bo‘lgan ayrim shogirdlar o‘rinlaridan turib: «Ulardan sunnat qilinishni va Musoning Tavrot kitobida yozilganlarga rioya qilishni talab qilish kerak»+,— deyishdi.
6 Shunda havoriylar va oqsoqollar bu masalani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishdi.
7 Qizg‘in muhokamalardan keyin Butrus o‘rnidan turib shunday dedi: «Birodarlar, boshqa xalqlar men orqali xushxabarni eshitib, ishonishlari uchun Xudo dastlab oralaringizdan meni tanlab olgani sizlarga ma’lum+.
8 Qalblarni bilgan Alloh+ bizga bergan muqaddas ruhni ularga ham berib+, ularni ham qabul qilganini tasdiqladi.
9 Shuningdek, ular bilan bizning oramizda hech qanday farq yo‘qligini ko‘rsatib+, qalblarini imonlari tufayli tozaladi+.
10 Unday bo‘lsa, nega sizlar shogirdlarning bo‘yniga ota-bobolarimiz ham, biz ham ko‘tara olmagan+ bo‘yinturuqni solib+, Tangrini ranjityapsizlar?
11 Biz esa, ular singari Hazratimiz Isoning inoyati orqali qutqarilishimizga ishonamiz»+.
12 Shunda u yerdagilar jim bo‘lib, Barnabo bilan Pavlusni tinglay boshlashdi. Ular Xudoning o‘zlari orqali boshqa xalqlar orasida ko‘rsatgan ko‘plab alomatlar-u mo‘jizalari haqida aytib berishardi.
13 Barnabo va Pavlus so‘zlab bo‘lishgach, Yoqub gap boshladi: «Birodarlar, endi menga quloq solinglar.
14 Hozir Simo‘n*+ bizga Alloh boshqa xalqlarni ham qabul qilayotgani haqda aytib berdi. Demak, Tangri O‘z ismi bilan ataladigan xalqni o‘zga xalq vakillaridan ham tanlayotgan ekan+.
15 Bunga payg‘ambarlarning mana shu so‘zlari ham muvofiq kelyapti:
16 “Bundan keyin qaytib kelib, Dovudning yiqilgan chodirini qayta tiklayman. Xarobalarini yangidan qurib, uni ilgarigi holatiga keltiraman.
17 Toki qolgan odamlar, barcha xalqlardan chiqqan va Mening ismim bilan atalgan kishilar bilan birga Meni, Yahovani* astoydil izlashsin,— demoqda Yahova*,— bularni amalga oshirayotgan Xudo+.
18 Bu narsalar azaldan ma’lum edi”+.
19 Shunday ekan, o‘zga millatlardan Allohga ishonayotganlarga qiyinchilik tug‘dirmaslik kerak, deb o‘ylayman+.
20 Faqat ularga butparastlik bilan bulg‘angan narsalardan+, zinodan*+, harom o‘lgan hayvon go‘shtidan va qondan saqlanish+ to‘g‘risida yozib yuborish kerak.
21 Axir, qadim zamonlardan buyon barcha shaharlarda Musoning Tavrot kitobidagi amrlar va’z qilinib, har Shabbat kuni ibodatxonalarda ovoz chiqarib o‘qiladi»+.
22 Shunda havoriylar bilan oqsoqollar hamda butun jamoat oralaridan Barsabo deb atalmish Yahudoni va Silani+ tanlashdi. Ularni Pavlus va Barnabo bilan birga Antioxiyaga jo‘natmoqchi bo‘lishdi. Bu kishilar birodarlar orasida rahbarlikni o‘z zimmalariga olishardi.
23 Ular orqali shu mazmundagi maktubni yozib yuborishdi:
«Havoriylar va oqsoqollar bo‘lmish birodarlaringizdan Antioxiya+, Suriya hamda Kilikiyadagi o‘zga xalqlardan chiqqan birodarlarga salom!
24 Biz hech qanday ko‘rsatma bermagan bo‘lsak-da, oramizdan ba’zilar o‘z so‘zlari bilan tinchligingizni buzib+, imoningizni barbod qilmoqchi bo‘lishganini eshitdik.
25 Ana shu sababdan, biz ikki kishini tanlab, ularni azizlarimiz Barnabo va Pavlusga qo‘shib, oldingizga yuborishga yakdillik bilan qaror qildik.
26 Ular Hazratimiz Iso Masih uchun jonlarini* ham ayashmagan+.
27 Shu maktubda yozilgan so‘zlarni og‘zaki aytib berishlari uchun, Yahudo bilan Silani ham yuboryapmiz+.
28 Muqaddas ruh yordami bilan+ biz quyida keltirilgan zarur narsalardan ortig‘ini bo‘yningizga yuklamaslikka qaror qildik:
29 butlarga bag‘ishlangan narsalardan+, qondan+, harom o‘lgan hayvon go‘shtidan+ va zinodan+ o‘zingizni saqlanglar. Bu narsalardan o‘zingizni astoydil saqlasangiz, eson-omon bo‘lasizlar. Salomat bo‘linglar!»
30 Yuborilgan shogirdlar Antioxiyaga borib, hamma birodarlarni to‘plashdi-da, ularga bu xatni topshirishdi.
31 Birodarlar xatni o‘qib, undagi dalda beruvchi so‘zlardan sevinishdi.
32 Yahudo bilan Sila ham payg‘ambar bo‘lishgani uchun, ko‘plab nutqlari bilan birodarlarni qo‘llab-quvvatlashdi+.
33 Ular o‘sha yerda bir muncha vaqt bo‘lishgandan so‘ng, birodarlar ularga oq yo‘l tilab kuzatib qo‘yishdi.
34 * ——
35 Pavlus va Barnabo esa Antioxiyada qolishdi. Ular ta’lim berib, boshqa birodarlar bilan birga Yahovaning* kalomi haqidagi xushxabarni e’lon qilib yurishdi.
36 Bir necha kundan keyin Pavlus Barnaboga: «Endi* ketdik, Yahovaning* kalomini va’z qilgan shaharlarimizdagi birodarlarni yo‘qlab, ulardan hol-ahvol so‘raylik»+,— dedi.
37 Barnabo bo‘lsa, Mark deb atalgan Yuhannoni+ o‘zi bilan olishga qaror qildi.
38 Lekin Pavlus uni o‘zlari bilan olishni o‘rinli deb hisoblamas edi. Chunki Mark ular bilan hamkorlik qilishdan bosh tortib, Pamfiliyada ularni tashlab ketgan edi+.
39 Shu sababli ular qattiq tortishib qolishdi-da, bir-biridan ayrilishdi. Barnabo+ Markni olib Kiprga suzib ketdi.
40 Pavlus esa Silani tanladi. Birodarlar uni inoyatli Tangri Yahovaning* qo‘liga topshirgandan so‘ng, u yo‘lga chiqdi+.
41 U Suriya va Kilikiyadan o‘tib borgan sari, jamoatlarga dalda berardi.
Izohlar
^ Simun (Butrus) degan ismning ibroniycha talaffuzi.
^ Yun. pornia. Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
^ Yoki «hayotlarini».
^ Boshqa variant «Nima bo‘lsa ham».