Ibroniylarga 10:1-39

  • Hayvonlarning qurbonliklari gunohdan poklay olmaydi (1-4)

    • Tavrot kelajakdagi barakalarning soyasidir (1)

  • Masihning qurbonligi birato‘la poklaydi (5-18)

  • Yangi hamda tirik yo‘l (19-25)

    • Yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik (24, 25)

  • Ataylab gunoh qilishdan ogohlantirish (26-31)

  • Imon va ishonch (32-39)

10  Tavrot kelajakdagi barakalarning+ o‘zi emas, soyasigina+ bo‘lgani uchun, yildan-yilga doim qurbonliklar keltirish orqali Tavrot* Xudoga ishonadiganlarni kamolotga erishtira olmaydi+.  Aks holda, qurbonliklarni keltirish bas qilinmasmidi? Zero muqaddas xizmatni bajo keltirayotganlar birato‘la poklanib, gunohlari borligini sezmas edilar.  Biroq bu qurbonliklar orqali yildan-yilga gunohlar borligi esga solinib turibdi+.  Axir buqalar-u echkilarning qoni bilan gunohlarni yo‘q qilish imkonsizdir.  Shu sababli, Masih dunyoga kelganida, Allohga shunday dedi: «“Sen qurbonliklar-u nazrlarni istamading, lekin menga tana tayyorlab qo‘yding.  Butunlay kuydiriladigan qurbonliklar-u gunoh qurbonliklarini Sen xush ko‘rmading”+.  Shunda bunday dedim: “Qara, men Sening irodangni bajarish uchun keldim, ey Tangrim+ (o‘rama bitikda men haqimda yozilgan)”».  Avval u: «Sen qurbonliklar-u nazrlarni, butunlay kuydiriladigan qurbonliklar-u gunoh qurbonliklarini xush ko‘rmading va istamading»,— dedi. Chunki ular Tavrot bo‘yicha baxshida etilardi.  Keyin esa u: «Qara, men Sening irodangni bajarish uchun keldim»+,— deb aytdi. Shu tariqa, u ikkinchisini o‘rnatish uchun, birinchisini bekor qildi. 10  Ana shu «iroda»+ bo‘yicha Iso Masihning tanasi birato‘la qurbon qilinishi orqali biz muqaddas bo‘ldik+. 11  Shuningdek, har bir ruhoniy muqaddas xizmatni ado etib+, o‘sha-o‘sha qurbonliklarni keltirish uchun kun sayin o‘z joyini egallaydi+. Boisi, ular hech qachon gunohlarni butunlay bartaraf qila olmaydi+. 12  Ammo Iso gunohlarni yuvish uchun bitta abadiy qurbonlik keltirib, Allohning o‘ng tomoniga o‘tirdi+. 13  O‘sha paytdan boshlab, Xudo uning dushmanlarini oyoqlari ostiga kursi qilishini kutmoqda+. 14  Zero u bitta qurbonlik bilan muqaddas bo‘ladigan kishilarni abadiy kamolotga erishtirdi+. 15  Muqaddas ruh ham ushbu so‘zlar bilan bizni bunga ishontirmoqda: 16  «“O‘sha kunlardan keyin ular bilan qiladigan ahdim quyidagicha bo‘ladi,— demoqda Yahova*. — Qonunlarimni ularning ongiga solib, qalblariga yozib qo‘yaman”»+. 17  Keyin esa: «Ularning gunohlarini hamda qonunsiz ishlarini aslo yodga olmayman»+,— deb aytdi. 18  Tangri bu gunohlarni kechirgan joyda qurbonlik keltirishning hojati yo‘q. 19  Shu sababli, birodarlar, biz Isoning qoni orqali Eng muqaddas xonaga olib boradigan yo‘ldan+ qo‘rqmasdan foydalanyapmiz. 20  Iso bu yangi hamda tirik yo‘lni bizga parda+, ya’ni o‘zining tanasi orqali ochdi. 21  Xudoning xonadoni ustidan qo‘yilgan ulug‘ ruhoniy bor ekan+, 22  yuragimizni va bulg‘angan vijdonimizni tozalab*+ hamda tanamizni toza suvda yuvib+, Allohga butun qalbimiz va to‘la ishonch bilan yaqinlashaylik. 23  Kelinglar, tinmay va ikkilanmay umidimizni hammaga e’lon qilaylik+, zero va’da beruvchi ishonchlidir. 24  Shuningdek, sevishga va ezgu ishlar qilishga+ undash uchun bir-birimiz haqimizda o‘ylaylik*. 25  Ba’zilarning odatidek, yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik+. Aksincha, o‘sha kunning yaqinlashib qolganini ko‘rib turgan ekanmiz+, bir-birimizga yanada ko‘proq dalda beraylik+. 26  Bordi-yu, haqiqat to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lgandan keyin ham ataylab gunoh qilaversak+, gunohlarni yuvadigan boshqa qurbonlik qolmaydi+. 27  Buning o‘rniga, hukmni qo‘rquv bilan kutish va Tangriga qarshi chiqqanlarni yo‘q qilishga tayyor turgan olovli qahr qoladi, xolos+. 28  Musoning Tavrot kitobidagi qonunni buzgan har bir kishi ikki yoki uch kishining guvohligi asosida o‘ldirilib+, unga shafqat qilinmaydi. 29  Agarda kimdir Xudoning O‘g‘lini oyoq osti qilsa, uni muqaddas qilgan ahd qonini+ oddiy deb bilsa, inoyat ruhini mensimay haqoratlasa, u qanchalik og‘ir jazoga loyiq deb o‘ylaysizlar?+ 30  «Qasos Meniki, ularning jazosini Men beraman»,— deb kim aytganini biz bilamiz. U yana: «Yahova* xalqini hukm qiladi»+,— degan. 31  Darhaqiqat, barhayot Allohning qo‘liga tushish dahshatlidir. 32  Ilgarigi kunlaringizni eslanglar. Haqiqatni tanib-bilgandan so‘ng+ sizlar qattiq kurashda azob chekib, bardosh berdingizlar. 33  Sizlar goh el-yurtning oldida* haqorat-u qiyinchiliklarga duch keldingizlar, goh shunday ahvolga tushganlarning azoblariga sherik bo‘ldingizlar. 34  Ustiga-ustak, sizlar qamoqda o‘tirgan birodarlarga hamdardlik ko‘rsatgansizlar hamda mol-mulkingizni talon-toroj qilishganda, buni quvonch bilan qabul qilgansizlar+. Boisi, undan ham yaxshiroq, abadiy merosingiz borligini bilar edingizlar+. 35  Shunday ekan, jasorat bilan gapirishni bas qilmanglar, chunki bu ulug‘ mukofot keltiradi+. 36  Tangrining irodasini bajarib, va’da etilgan narsalarga erishish uchun sabr-bardoshli bo‘lishingiz kerak+. 37  Zero «yana bir oz»+ va «kelayotgan keladi, kechikmaydi»+. 38  «Mening odil xizmatchim imoni tufayli yashaydi»+. Ammo «u orqaga chekinsa, undan rozi bo‘lmayman»+. 39  Biz esa halok bo‘lish uchun orqaga chekinadiganlardan emasmiz+, balki jonimizni* saqlash niyatida imonga ega bo‘lganlardanmiz.

Izohlar

Boshqa variant «odamlar».
So‘zma-so‘z «sachratib», ya’ni Isoning qonini.
Yoki «bir-birimizga e’tiborli bo‘laylik».
So‘zma-so‘z «teatrdagi tomoshadek».
Yoki «hayotimizni».