Ishayo 44:1-28
44 Ey, xizmatkorim Yoqub,Ey, tanlaganim Isroil+, endi Menga quloq sol.
2 Yaratuvching, senga shakl bergan+,Ona qornidan senga yordam berganYahova shunday demoqda:
“Ey, xizmatkorim Yoqub, qo‘rqma+,Ey, tanlaganim Yoshurun*+, vahimaga tushma.
3 Zero, Men qaqragan yerni suvga qondiraman+,Qurigan yerda jilg‘alar oqizaman.
Zurriyotingga O‘z ruhimni+,Avlodlaringga O‘z barakamni yog‘diraman.
4 Ular o‘t-o‘landay+,Oqar suvlar bo‘yidagi teraklarday o‘sadi.
5 Bittasi: “Men Yahovaga tegishliman”+,— deydi.
Boshqasi o‘zini Yoqubning ismi bilan ataydi.Yana boshqasi qo‘liga: “Yahovaga qarashli”,— deb yozadi.
Yana biri esa, o‘ziga Isroil deb nom beradi”.
6 Isroil shohi+ va Xaloskori+ Yahova,Qo‘shinlar Sarvari Yahova shunday demoqda:
“Birinchisi ham, oxirgisi ham Menman+.
Mendan boshqa Xudo yo‘q+.
7 Menga o‘xshagani bormi?+
Agar bo‘lsa javob bersin, Menga buni aytsin, isbotlasin!+
Men qadimdan, xalqni bunyod etgan vaqtdan beri qilib kelayotganimday,Bo‘lajak narsalar-u
Hali sodir bo‘lmagan narsalar haqida aytib bersin.
8 Vahimaga tushmang,Qo‘rquvdan karaxt bo‘lmang+.
Axir har biringizga buni oldindan aytib, xabarlamaganmidim?!
Sizlar Mening shohidlarimsiz+.
Mendan boshqa Xudo bormi?
Yo‘q, Mendan bo‘lak Qoya yo‘q+. Men birortasini ham bilmayman”».
9 O‘yma butlar yasaganlarning bari arzimasdir,Ular yaxshi ko‘rgan butlar umuman befoydadir+.
Shohidlari kabi, butlar hech narsani ko‘rmaydi ham, bilmaydi ham+.Shu bois, ularni yasaganlar isnodga qoladi+.
10 Kim naf keltirmaydigan xudoning+ shaklini,Yoki quyma butni yasaydi?
11 Mana! Sheriklarining bari sharmanda bo‘ladi!+
Chunki hunarmandlari oddiy insonlardir.
Barchasi yig‘ilib, o‘z joyini egallasin.
Ular dahshatga tushib, hammasi uyatga qoladi.
12 Chilangar o‘z asbobi bilan cho‘g‘ ustida temirga ishlov beradi,
Kuchli qo‘llari bilan,Bolg‘asi yordamida unga shakl beradi+.
So‘ngra qorni ochib, madori qolmaydi.Suv ichmay holdan toyadi.
13 Duradgor taxtani o‘lchov ipi bilan o‘lchab, qizil bo‘r bilan namuna chizib oladi.
Iskana yordamida taxtaga ishlov berib, pargar bilan chizib oladi.
So‘ng uni uyga* qo‘yish uchun+,Insonga xos go‘zallikni aks ettirib,Unga odam shaklini beradi+.
14 Kedr daraxtlarini kesadigan kishi
Bir daraxtni, eman daraxtini tanlaydi-da,Uni o‘rmondagi daraxtlar bilan birga baquvvat bo‘lguncha o‘stiradi+.
U lavr daraxtini o‘tqazadi va yomg‘ir uni o‘stiradi.
15 So‘ngra bu daraxt odamga o‘tin bo‘ladi.
U bir qismini isinish uchun ishlatadi.Qolganidan olov yoqib, non pishiradi.
Yana undan xudo yasab sig‘inadi.
O‘yma but yasab, unga sajda qiladi+.
16 Daraxtning yarmidan o‘t yoqadi.Ustida go‘sht qovurib, to‘yguncha yeydi.
Oldida isinib o‘tiradi-da:
«Oh, maza qilib isindim!» — deydi.
17 Qolganidan xudo yaratadi, o‘yma but yasaydi,
Unga sajda qilib sig‘inadi.
Ibodat qilib:
«Meni qutqar, chunki mening xudoyimsan»,— deydi+.
18 Bunday odamlar hech nimani bilmaydi ham, tushunmaydi ham+,Chunki ko‘zlari yumuq, ko‘ra olmaydi.Qalblari idrok etishga berkdir.
19 Hech biri o‘z qalbida mulohaza yuritmaydi,Ularda aql-idrok ham, tushuncha ham yo‘q.
Shu bois: «Daraxtning yarmidan o‘t yoqdim,Cho‘g‘ida non pishirdim, go‘sht qovurib yedim.
Endi qolganidan razil narsa yasaymanmi?+
Bir parcha qurigan o‘tinga sajda qilamanmi?» — demaydi.
20 U kul bilan oziqlanadi.
Aldangan qalbi uni yo‘ldan ozdirgan.
U jonini qutqara olmaydi ham,
«O‘ng qo‘limdagi bu narsa befoyda emasmi?» — demaydi ham.
21 «Ey Yoqub, ey Isroil, bularni yodda tut,Chunki sen xizmatkorimsan,
Senga Men shakl berganman, sen Mening xizmatkorimsan+.
Ey Isroil, Men seni unutmayman+.
22 Qilmishlaringni bulut bilan yopaman+,Gunohlaringni quyuq bulut ila to‘sib qo‘yaman.
Menga qayt, seni to‘lov evaziga sotib olaman+.
23 Ey samo, shodlikdan hayqir,Zero, Yahova ishga kirishdi!
Ey, yerning qa’ri, g‘olibona hayqir!
Ey o‘rmon, jamiki daraxtlar,Ey tog‘lar, quvonchdan xitob qiling!+
Chunki Yahova Yoqubni to‘lov evaziga sotib oldi,Isroilga O‘z ulug‘vorligini namoyon etdi»+.
24 Sening Xaloskoring+,Ona qornida senga shakl bergan Yahova shunday demoqda:
«Barcha narsaning yaratuvchisi, Men Yahovaman.
Men samolarni yoyib+,Yerni yozib yuborganimda+,
Yonimda kim bor edi?
25 Soxta payg‘ambarlarning alomatini yo‘qga chiqaraman,Folbinlarni ahmoqlarday yo‘l tutishga majbur qilaman+.Donishmandlarni sarosimaga solaman,Bilimlarini nodonlikka aylantiraman+.
26 Xizmatkorimning so‘zini ro‘yobga chiqaraman,Xabarchilarimning bashoratlarini to‘liq amalga oshiraman+.Quddus haqida: “U yerda odamlar yashaydi”+,— deyman.
Yahudo shaharlari to‘g‘risida: “Ular qayta quriladi+,Xarobalarini yangitdan tiklayman”+,— deb aytaman.
27 Chuqur suvlarga: “Bug‘lanib ket,Men barcha daryolaringni quritaman”+,— deyman.
28 Kir*+ haqida: “U tanlagan cho‘ponimdir,U Mening irodamni to‘laligicha bajaradi”+,— deb aytaman.Quddus to‘g‘risida: “U qayta quriladi”,
Ma’bad borasida: “Poydevori solinadi”+,— deyman».
Izohlar
^ Ma’nosi «halol, to‘g‘ri». Isroilning sharafli nomi.
^ Yoki «ibodatxonaga».
^ Kir II yoki Buyuk Kir; forscha Kurush.