Ishayo 65:1-25

  • Yahovaning butparastlarga qarshi hukmi (1-16)

    • Omad va Taqdir xudolari (11)

    • «Xizmatkorlarim to‘q bo‘ladi» (13)

  • Yangi osmon va yangi yer (17-25)

    • Uylar va uzumzorlar barpo etiladi (21)

    • Hech kim behudaga mehnat qilmaydi (23)

65  «Men haqimda so‘ramagan kishilar Meni izlashiga,Meni qidirmagan kishilar Meni topishiga izn berdim+. Ismimni aytib chaqirmagan xalqga: “Men shu yerdaman, Men shu yerdaman!”+ — dedim.   Kun bo‘yi qo‘llarimni o‘jar xalqga+,Yomon yo‘ldan yurib+,O‘z o‘y-fikrlariga berilgan+ xalqga cho‘zdim.   Bu xalq Meni ochiqdan-ochiq tinmay ranjitar+,Bog‘larda qurbonliklar keltirib+, g‘ishtlar ustida qurbonliklar tutatar edi.   Ular qabrlar orasida o‘tirar+,Tunni xilvat joylarda* o‘tkazar,Cho‘chqa go‘shtini yeb+,Idishlaridagi harom narsalar sho‘rvasini ichar edi+.   Ular: “Nari tur, menga yaqinlashma.Men senga qaraganda pokroqman*”,— deb aytardi. Ular burnimga kirgan tutun, kun bo‘yi yonib turgan olov kabidir.   Mana! Hammasi huzurimda yozib qo‘yilgan.Sukut saqlab o‘tirmayman,Qilmishlariga yarasha qaytaraman+,Ularga tegishlisini to‘lig‘icha qaytaraman.   Ham o‘zlarining, ham ota-bobolarining gunohlari uchun shunday qilaman»+,— demoqda Yahova. «Ular tog‘larda qurbonliklar tutatib,Tepaliklarda Meni haqorat qilgani uchun+,Avvalo ularning haqini to‘laligicha qaytaraman».   Yahova shunday demoqda: «Yangi sharob olish mumkin bo‘lgan bir bosh uzum haqidaKimdir: “Uni yo‘q qilma, hali foydasi tegadi”,— deganiday, Men ham O‘z xizmatkorlarim haqqi shunday yo‘l tutaman,Ularni butunlayin yo‘q qilmayman+.   Men Yoqubdan zurriyot*,Yahudodan tog‘larimning merosxo‘rini keltirib chiqaraman+.Tanlaganlarim bu yurtga egalik qiladi,Xizmatkorlarim u yerda maskan quradi+. 10  Sharon+ qo‘ylar uchun yaylovga,Oxor vodiysi+ qoramol uchun o‘tloqga aylanadi.Bularning bari Meni izlagan xalqim uchun qilinadi. 11  Ammo sizlar Yahovani tark etdingiz+,Muqaddas tog‘imni unutdingiz+,Omad xudosi uchun dasturxon yozib,Taqdir xudosiga atab kosalarga o‘tkir sharob to‘ldirdingiz. 12  Shu bois, sizlarni qilich damiga mubtalo qilaman+,Barchangiz so‘yilish uchun tiz cho‘kasiz+.Zero, chaqirganimda, javob bermadingiz,Gapirganimda, quloq solmadingiz+.Mening nazarimda yomon ishlar qilaverdingiz,Meni ranjitadigan narsalarni tanladingiz»+. 13  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: «Mana, xizmatkorlarim to‘q bo‘ladi, sizlar esa och yurasizlar+. Xizmatkorlarim suv ichadi+, sizlar esa tashna yurasizlar. Xizmatkorlarim quvonchga to‘ladi+, sizlar esa uyatga qolasizlar+. 14  Xizmatkorlarimning qalbi shodlikka to‘lib hayqiradi,Sizlar esa qalbingiz qayg‘uga to‘lganidan dod-voy solasiz,Ruhingiz ezilganidan fig‘on chekasiz. 15  Sizlardan keyin nomingizgina qolib, tanlaganlarim uni qarg‘ish sifatida qo‘llaydi,Oliy Hukmdor Yahova hammangizni o‘limga duchor qiladi,O‘z xizmatkorlarini esa boshqa nom bilan ataydi+. 16  Yer yuzida o‘ziga baraka tilagan har kimSadoqatli Xudo tomonidan baraka topadi.Yer yuzida ont ichgan har kimSadoqatli Tangri haqqi ont ichadi+. Zero, avvalgi qayg‘ular unutiladi,Ular nazarimdan g‘oyib bo‘ladi+. 17  Mana, Men yangi osmon va yangi yer yaratyapman+,O‘tmishdagi narsalar esga olinmaydi,Hatto ko‘ngilga ham kelmaydi+. 18  Shunday ekan, Men yaratayotgan narsalarga qarab, quvoning, toabad shodlaning. Mana, Men Quddusni sevinch,Uning aholisini shodlik manbaiga aylantiryapman+. 19  Men Quddusga qarab quvonaman, xalqim uchun sevinaman+.U yerda yig‘i-sig‘i, dard-alam tovushlari boshqa eshitilmaydi»+. 20  «U yerda atigi bir necha kun umr ko‘rgan go‘daklar ham,Yoshini yashamay qazo qilgan keksalar ham boshqa bo‘lmaydi, Yuz yoshida o‘lgan kimsa yoshday sanaladi,Gunohkor esa yuz yoshda bo‘lsa ham, la’natga uchraydi*. 21  Ular uylar qurib, bu uylarda yashaydi+,Uzumzorlar barpo etib, hosilidan yeydi+. 22  Ular qurgan uylarda o‘zgalar yashamaydi,Ular ekkan narsalarni boshqalar yemaydi. Xalqimning umri daraxt umriday uzoq bo‘ladi+,Tanlaganlarim o‘z qo‘llari mehnatining rohatini ko‘radi. 23  Ular behudaga mehnat qilmaydi+,Farzandlarini qayg‘u-alam uchun dunyoga keltirmaydi.Chunki ularning o‘zlari ham, avlodlari+ ham,Yahovadan baraka topgan nasl+ bo‘ladi. 24  Ular hali chaqirmasidan Men javob beraman.Ular gapini tugatmasidan Men eshitaman. 25  Bo‘ri bilan qo‘zi birga o‘tlaydi,Sher ho‘kiz kabi somon yeydi+,Ilonning yemishi tuproq bo‘ladi. Butun muqaddas tog‘imda ular hech kimga zarar ham, ziyon ham yetkazmaydi»+,— demoqda Yahova.

Izohlar

Boshqa variant «qo‘riqchi kulbalarida».
Boshqa variant «Yo‘qsa, pokligim senga o‘tib ketadi».
So‘zma-so‘z «urug‘».
Boshqa variant «Yoshi yuzga yetmay o‘lgan odam la’nati sanaladi».