Matto 20:1-34

  • Mardikorlar va teng ish haqi (1-16)

  • Iso o‘lishi haqida yana aytadi (17-19)

  • Shohlikda o‘rinlarni egallash iltimosi (20-28)

    • Iso ko‘plar uchun to‘lovdir (28)

  • Ikkita ko‘zi ojiz kishi shifo topadi (29-34)

20  Osmon Shohligi, tong saharda uzumzoriga mardikorlarni yollagani chiqqan bog‘ egasiga o‘xshaydi+.  Kuniga bir dinordan* kelishgandan so‘ng, u mardikorlarni uzumzoriga jo‘natibdi.  Ertalab soat to‘qqizlarda* uzumzor egasi yana chiqib, bozor maydonida ishsiz turgan kishilarni ko‘ribdi-da,  ularga: “Sizlar ham uzumzorimga boringlar, haqlaringizni to‘layman”,— deb aytibdi.  Shunda ular ham ketishibdi. Uzumzor egasi kunduzi soat o‘n ikki va tag‘in uchlarda* chiqib, yana shunday yo‘l tutibdi.  Nihoyat u soat beshlarda* chiqibdi-da, o‘sha joyda turgan boshqalarni ko‘rib: “Nega kun bo‘yi bu yerda ishsiz turibsizlar?” — deb so‘rabdi.  Javoban ular: “Bizni hech kim ishga yollamadi”,— deyishibdi. Shunda u: “Sizlar ham uzumzorimga boringlar”,— deb aytibdi.  Kech kirganda, uzumzor egasi boshqaruvchisiga shunday debdi: “Mardikorlarni chaqirib, oxirgisidan boshlab birinchisigacha haqlarini to‘la”+.  Soat beshlarda* ish boshlaganlar kelib, har biri bir dinordan olishibdi. 10  Shu sababli birinchi yollanganlar ko‘proq haq olamiz deb o‘ylashibdi. Ammo ularga ham bir dinordan* to‘lanibdi. 11  Haqlarini olgach, ular uzumzor egasiga nolib: 12  “Oxirgi kelganlar atigi bir soat ishlashdi. Siz esa ularni jaziramada kun bo‘yi og‘ir mehnat qilgan bizlar bilan teng ko‘rdingiz!” — deyishibdi. 13  Uzumzor egasi javoban ulardan biriga shunday debdi: “Do‘stim, men sizga nohaqlik qilganim yo‘q. Axir siz bilan bir dinorga kelishmaganmidik?+ 14  Haqingizni oling-da, ketavering. Sizga qancha bergan bo‘lsam, oxirgi kelganlarga ham shuncha bermoqchiman. 15  O‘z pullarimdan xohlaganimcha foydalanishga haqqim yo‘qmi? Yoki saxiyligimni ko‘rolmayapsizmi?”+ 16  Shunday qilib, oxirgilar birinchi, birinchilar esa oxirgi bo‘ladi»+. 17  Quddusga ketishayotganda, Iso 12 ta shogirdini alohida chaqirib, dedi+: 18  «Mana, biz Quddusga boryapmiz. U yerda Inson O‘g‘lini bosh ruhoniylar va ulamolar qo‘liga tutib berishadi. Ular bo‘lsa uni o‘limga mahkum etib+, 19  o‘zga xalqlarning qo‘liga topshirishadi. Ular uni masxara qilishadi, qamchilashadi va ustunga mixlashadi+. Lekin u uchinchi kuni tiriladi»+. 20  Bundan so‘ng, Zabadiyning+ xotini ikkita o‘g‘li bilan Isoning yoniga keldi-da, ta’zim qilib, nimalarnidir so‘ramoqchi bo‘ldi+. 21  Iso bo‘lsa: «Mendan nima istaysiz?» — deya so‘radi. Ayol javoban: «Shohligingizda bu ikki o‘g‘limdan birini o‘ng tomoningizga, ikkinchisini chap tomoningizga o‘tqazishga so‘z bering»+,— dedi. 22  Iso uning o‘g‘illariga: «Sizlar nima so‘rayotganingizni bilmaysizlar. Men ichadigan kosadan* icha olasizlarmi?»+ — deb so‘radi. Ular: «Icha olamiz»,— deyishdi. 23  Shunda Iso: «Men ichadigan kosadan ichasizlarku-ya+, ammo o‘ng yoki chap tomonimda kim o‘tirishini men hal qilmayman. Bu o‘rinlarni Otam kim uchun tayyorlab qo‘ygan bo‘lsa, o‘sha o‘tiradi»+,— deb aytdi. 24  Qolgan o‘nta shogird buni eshitib, ikki aka-ukadan achchiqlana boshlashdi+. 25  Biroq Iso ularni yoniga chaqirib, shunday dedi: «Hukmdorlar xalqlar ustidan boshqarishini va buyuk odamlar xalqlarga hokimlik qilishini bilasizlar+. 26  Ammo sizlarning orangizda bunday bo‘lmasin+. Orangizda kim buyuk bo‘lishni istasa, sizlarga xizmatkor bo‘lsin+. 27  Orangizda kim birinchi bo‘lishni xohlasa, sizlarga qul bo‘lsin+. 28  Chunki Inson O‘g‘li ham o‘ziga xizmat qildirishga emas, aksincha, xizmat qilgani+ va ko‘plar uchun jonini* to‘lov sifatida bergani kelgan»+. 29  Ular Yerixodan chiqayotganlarida, orqalaridan katta olomon ergashib borardi. 30  Yo‘l bo‘yida o‘tirgan ko‘zi ojiz ikki kishi Isoning o‘tib ketayotganini eshitib: «Hazrat, Dovudning O‘g‘li, bizga rahm-shafqat qiling!» — deb qichqirdi+. 31  Olomon ularga jim bo‘lishni buyursa-da, ular yanada baland ovozda: «Hazrat, Dovudning O‘g‘li, bizga rahm-shafqat qiling!» — deya baqirishardi. 32  Shunda Iso to‘xtab, ularni chaqirdi-da: «Mendan nima istaysizlar?» — deb so‘radi. 33  Ular: «Hazrat, iltimos, ko‘zlarimiz ochilsin»,— deyishdi. 34  Isoning rahmi kelib, ularning ko‘zlariga qo‘lini tekkizgan edi+, shu ondayoq ikkovi ham ko‘ra boshlab, uning orqasidan ergashdi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «uchinchi soatda». Quyosh chiqishidan hisoblaganda.
So‘zma-so‘z «oltinchi va to‘qqizinchi soatda».
So‘zma-so‘z «o‘n birinchi soatda».
So‘zma-so‘z «o‘n birinchi soatda».
«Kosa» so‘zi ramziy ma’noda Iso, Xudoning irodasi bilan soxta guvohlarning haqoratiga qolib, o‘lishini bildiradi.
Yoki «hayotini».