Mixo 5:1-15

  • Hukmdor butun yer yuzida buyuk bo‘ladi (1-6)

    • Hukmdor Baytlahmdan chiqadi (2)

  • Omon qolganlar shudring va sher kabi bo‘ladi (7-9)

  • Yurt tozalanadi (10-15)

5  «Ey, hujum ostida bo‘lgan qiz,Endi badaningni kes.Bizni qamal qilishyapti+, Ular Isroil hakamlarining chakkasiga tayoq bilan uryapti+.   Ey Baytlahm-Efrata+,Sen Yahudodagi minglar* ichida bo‘lish uchun kichiklik qilasan,Ammo Isroilda irodamni bajaradigan hukmdor sendan chiqadi+.Uning kelib chiqishi qadim zamonlardan, azaliy kunlardan.   Homilador ayol tug‘maguncha,Xudo ularni tashlab qo‘yadi. Hukmdorning qolgan birodarlari Isroil xalqiga qaytadi.   U turadi-da, Yahovaning qudrati bilan+,Tangrisi Yahovaning ulug‘vor ismi ila cho‘ponlik qiladi. Ular xavfsizlikda yashaydi+.Chunki uning buyukligi yerning chekkalarigacha yetadi+.   U tinchlik keltiradi+. Ossuriyaliklar yurtimizga bostirib kelsa, mustahkam minoralarimizga oyoq bossa+,Biz ularga qarshi yettita cho‘ponni, ha, beklar kabi boshqaradigan sakkizta kishini chiqaramiz.   Ular Ossuriya yurtini,Nimro‘d+ yurtining chegaralarini qilich bilan jazolaydi+. Ossuriyaliklar yurtimizga bostirib kelsa, hududimizga oyoq bossa,Hukmdor bizni ossuriyaliklar qo‘lidan xalos qiladi+.   Yoqubning omon qolganlari ko‘p xalqlar ichidaYahovadan kelgan shudringday,O‘t-o‘langa quygan jaladay bo‘ladi.Ikkisi ham odamga bog‘liq emas,Ular insonni kutib o‘tirmaydi.   Yoqubning omon qolganlari millatlar ichida,Ko‘p xalqlar ichidaO‘rmon hayvonlari orasidagi sherday,Qo‘y podalari orasidagi yosh sherday bo‘ladi.Ularning orasidan o‘tib tashlanadi-da, tilka-pora qiladi.Ularni qutqaradigan hech kim bo‘lmaydi.   Qo‘ling dushmanlaring ustidan baland keladi,Barcha g‘animlaring yakson bo‘ladi». 10  Yahova shunday demoqda: «O‘sha kuniMen otlaringni yo‘q qilaman, aravalaringni esa sindirib tashlayman. 11  Yurtingdagi shaharlarni vayron qilaman,Qal’alaringni yakson qilaman. 12  Sen shug‘ullanayotgan sehr-joduga chek qo‘yaman,Ortiq senda sehrgarlar qolmaydi+. 13  O‘yma butlaringni hamda muqaddas toshlaringni* yo‘q qilaman,Endi hech qachon qo‘ling bilan yasagan narsalarga sajda qilmaysan+. 14  Muqaddas ustunlaringni*+ qo‘porib tashlayman,Shaharlaringni vayron qilaman. 15  Menga itoat etmagan xalqlardanQahr-g‘azab bilan o‘ch olaman».

Izohlar

Yoki «avlodlar».