Zabur 111:1-10
111 Yahni madh eting!*+
א [Alef]
To‘g‘ri insonlar davrasida, jamoat ichraב [Bet]Butun qalbim bilan Yahovani madh etaman+.
ג [Gimel]
2 Yahovaning ishlari ulug‘dir+.ד [Dalet]Uning ishlaridan zavq oluvchilar ularni tadqiq qiladi+.
ה [Xe]
3 Amallari ulug‘vor va hashamatlidir,ו [Vav]Adolati toabad bor bo‘ladi+.
ז [Zayin]
4 Ajoyib ishlarini unutilmas qilib qo‘ydi+.
ח [Xet]
Yahova rahmdil* va shafqatlidir+.
ט [Tet]
5 Undan qo‘rqqanlarga rizqini beradi+.
י [Yod]
O‘z ahdini abadiy yodda tutadi+.
כ [Kaf]
6 Boshqa xalqlarning merosini O‘z xalqiga berib+,ל [Lamed]Qudratli ishlarini ularga namoyon etdi.
מ [Mem]
7 Qo‘llari bilan qilgan ishlari to‘g‘ri va adolatlidir+.נ [Nun]Barcha buyruqlari ishonchlidir+.
ס [Samex]
8 Ular hozir va toabad — hamisha mustahkam turadi.ע [Ayin]Ularning poydevori haqiqat va adolatdir+.
פ [Pe]
9 U O‘z xalqini qutqardi+.
צ [Sade]
Uning buyrug‘i bilan ahdi abadiy turadi.
ק [Qof]
Uning ismi muqaddas va haybatlidir+.
ר [Resh]
10 Yahovadan qo‘rqish donolikning boshidir+.
ש [Sin]
Uning buyruqlariga rioya qilganlarning bari fahm-farosatlidir+.
ת [Tav]
U toabad madh etilsin.