114-QO‘SHIQ
«Sabr-toqat qiling»
-
1. Qodir Rab shon-sharaf-la
Oqlar yaqin kunda sha’nin.
Poklar U shijoat-la
Badnom bo‘lgan ulug‘ ismin.
Sabrin U ko‘rsatgandi
Qadimgi zamonlarda.
Otadek kechirgandi,
Sevgandi har damda.
U barcha insonlar-chun
Najot qo‘lin cho‘zmoq istar.
Chidab U O‘z lutfi-la,
Tashna qalbga imkon berar.
-
2. Imon-la yashamoq-chun
Bardosh bizga yordam berar.
Tinchlik-la to‘ldirar u,
Janjal-bahsdan bizni asrar.
Uzmas hech umidin u,
Izlamas nuqson-aybni.
Yengar u matonat-la
Sinov va qayg‘uni.
Ruhning bir mevasidir
Toqat degan ushbu xislat.
Rabga biz ergashsak gar,
Chidam hamroh bo‘lar albat.
(Shuningdek, Chiq. 34:14; Ishayo 40:28; 1 Kor. 13:4, 7; 1 Tim. 2:4 ga qarang.)