Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

33-QO‘SHIQ

G‘am-tashvishingni Yahovaga tashla

G‘am-tashvishingni Yahovaga tashla

(Zabur 55)

  1. 1. Ey Alloh, duom qabul et,

    Ayla lutf menga, Tangrim.

    Dard-g‘amdan O‘zing forig‘ et,

    Qil jasur zaif qalbim.

    (NAQAROT)

    Chekma g‘am-tashvish, duo qil,

    Har darding Yahova ko‘rgaydir.

    Har damda O‘zi Panohdir,

    U rostgo‘y, sodiq, qodir.

  2. 2. Eh, qanot qoqib uchsaydim

    Eng olis, xavfsiz yerga.

    Rab, yovdan xalos bo‘lsaydim

    Va borsaydim tinch joyga.

    (NAQAROT)

    Chekma g‘am-tashvish, duo qil,

    Har darding Yahova ko‘rgaydir.

    Har damda O‘zi Panohdir,

    U rostgo‘y, sodiq, qodir.

  3. 3. Ey Egam, yupanch bergaysan,

    Shul-chun tinch erur dilim.

    Har yukim olib yurgaysan,

    Sen rahmonsan, yo Rabbim.

    (NAQAROT)

    Chekma g‘am-tashvish, duo qil,

    Har darding Yahova ko‘rgaydir.

    Har damda O‘zi Panohdir,

    U rostgo‘y, sodiq, qodir.

(Shuningdek, Zab. 22:5; 31:1–24 ga qarang.)