Arxeologik topilma shoh Dovud tarixiy shaxs ekaniga ishora qilmoqda
Muqaddas Kitobga ko‘ra, shoh Dovud miloddan avvalgi XI asrda Isroilda yashagan; uning avlodlari yuzlab yillar davomida hukmronlik qilgan. Ammo ba’zi tanqidchilar Dovud o‘ylab topilgan va keyinchalik og‘izma-og‘iz aytiladigan afsonaviy shaxs deb bahslashishadi. Qiziq, shoh Dovud chindan ham yashaganmi?
1993-yili arxeolog Avraam Biran va uning hamkorlari Isroilning shimolida, Tel-Danda «Dovud xonadoni» deb yozilgan tosh bo‘lagini topishdi. Yozuv qadimgi somiy tilida bo‘lib, miloddan avvalgi to‘qqizinchi asrga tegishli. Ehtimol, bu Isroil xalqi ustidan g‘alaba qozongani bilan maqtangan oromiylar o‘rnatgan haykalning bir qismi bo‘lgan.
Bir jurnaldagi («Bible History Daily») maqolada quyidagicha yozilgan: «“Dovud xonadoni” yozuvi borasida shubhalar bor. [...] Biroq aksariyat ilohiyotshunoslar va arxeologlar Tel-Danda topilgan tosh yodgorlik Muqaddas Kitobda keltirilgan shoh Dovud tarixiy shaxs ekanini tasdiqlovchi ilk aniq dalil ekanini tayyorlik ila tan oldi va bu bir manbaning muhim topilmalari sirasiga kiritildi. (“Biblisal Arshaeology Review”)».