Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4–10-mart

ZABUR 16–17

4–10-mart

111-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. «Yahova, Sen jamiki barakalarim Manbaisan»

(10 daq.)

Yahovaga xizmat qiladiganlar bilan do‘stlashish bizga quvonch keltiradi (Zb 16:2, 3; w18.12 26-sah., 11-xb.)

Yahovaning do‘sti ekanimizni bilish bizga xursandchilik baxsh etadi (Zb 16:5, 6; w14 15/2 29-sah., 4-xb.)

Yahovaning ma’naviy himoyasi ostida o‘zimizni xavfsiz his qilamiz (Zb 16:8, 9; w08 15/2 3-sah., 2-, 3-xb.)

Dovudga o‘xshab biz ham mazmunli hayot kechiryapmiz, chunki jamiki barakalarimiz Manbai bo‘lmish Yahovaga topinish hayotimizda eng muhim o‘rinni egallaydi.

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Haqiqatga kelganimdan keyin hayotim qanchalik yaxshilandi?»

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 17:8. «Ko‘zing qorachig‘iday» iborasi nimani anglatadi? (it-2 714)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

(4 daq.) Zb 17:1–15 (th 5-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(1 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Qutlug‘ Kechlikka taklifnomani bering. (th 11-dars)

5. Suhbat boshlash

(3 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Qutlug‘ Kechlikka taklifnomani bering. Suhbatdoshingiz qiziqish bildirgach, «Iso Masihning o‘limini xotirlang» nomli videoga diqqat qarating va uni muhokama qiling. (th 9-dars)

6. Suhbat boshlash

(2 daq.) NORASMIY XIZMAT. Qutlug‘ Kechlikka taklifnomani bering. (th 2-dars)

7. Shogird tayyorlash

HAYOT TARZIMIZ

20-qo‘shiq

8. Qutlug‘ Kechlikka qanday tayyorgarlik ko‘rishimiz mumkin?

(15 daq.) Muhokama.

Biz Isoning amriga bo‘ysunib, 24-mart yakshanba kuni Isoning o‘limini xotirlaymiz. Shu yo‘sin ikkita shaxs bizga namoyon etgan eng oliy sevgini yodga olamiz. (Lq 22:19; Yuh 3:16; 15:13) Ushbu o‘zgacha marosimga qanday tayyorgarlik ko‘rishimiz mumkin?

  • Odamlarni Qutlug‘ Kechlikka va maxsus nutqqa taklif qilish uchun kampaniyada qo‘lingizdan kelgancha ishtirok eting. Tanishlaringizning ro‘yxatini tuzing va ularni taklif qiling. Agar tanishlaringizdan kimdir sizning hududingizda yashamasa, uning hududida marosim qaysi paytda va joyda o‘tishini jw.org saytidan bilib oling

  • Mart va aprel oylarida xizmatda ko‘proq qatnashishga harakat qiling. Masalan, 15 yoki 30 soatlik normani tanlab ko‘makchi kashshof bo‘la olasizmi?

  • 18-martdan boshlab Isoning yerdagi hayotining oxirgi haftasi davomida yuz bergan muhim voqealarni ko‘rib chiqishni boshlang. 6–7-sahifalardagi «2024-yili Qutlug‘ Kechlik arafasida o‘qiladigan oyatlar jadvali»dan har kuni qancha ma’lumot o‘qishni o‘zingiz hal qilishingiz mumkin

  • Qutlug‘ Kechlik kuni jw.org saytidagi maxsus ertalabki topinish dasturini tomosha qiling

  • Qutlug‘ Kechlikka ilk bor kelganlarni va faoliyatsiz va’zgo‘ylarni iliq qarshi oling. Ularga marosimdan keyin tug‘iladigan savollariga javob berishni taklif qiling. Marosimga kelganlarga ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishga ko‘maklashish uchun ular bilan qayta ko‘rishishga kelishib oling

  • Qutlug‘ Kechlikdan oldin va keyin to‘lov ustida mulohaza yuriting

«Iso Masihning o‘limini xotirlang» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

Qutlug‘ Kechlikka taklif etish kampaniyasi paytida ushbu videodan qanday foydalansak bo‘ladi?

9. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 73-qo‘shiq va ibodat