Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlari boshqa dinlarga nisbatan qanday munosabatda?

Yahovaning Shohidlari boshqa dinlarga nisbatan qanday munosabatda?

 Muqaddas Kitobdagi: «Hamma odamlarni hurmat qilinglar»,— degan maslahatga rioya qilgan holda, ularning diniy e’tiqodi qanaqa bo‘lishidan qat’i nazar hurmat qilamiz. (1 Butrus 2:17, Turkiya, 1998) Masalan, ba’zi mamlakatlarda yuz minglab Yahovaning Shohidlari bor. Shunday bo‘lsa ham, boshqa din vakillarining faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish maqsadida siyosatchilarga yoki qonun chiqaruvchilarga bosim o‘tkazmaymiz. Axloq va din borasidagi nuqtai nazarimizni odamlarga singdirish maqsadida muayyan qonun chiqarishlari uchun kampaniyalar uyushtirmaymiz. Aksincha, boshqalarga bag‘rikenglik ila munosabat qilamiz va ular ham bizga xuddi shunday qilayotganidan minnatdormiz. (Matto 7:12)